Python. 3-dars sep, *, end, format, f-string va non-primitive o'zgaruvchilar.

sep="" operatori

sep bizga printni ichidagi elementlarni har birini verguldan keyin sepni ichiga nima yozgan bo'lsak o'sha bilan ajratib beradi. sepni ichiga nima yozishimizni ahamiyati yo'q. Masalan:

print("Hello", "Python", sep="-")

# OUTPUT
Hello-Python

* operatori

Endi esa * haqida gaplashsak, stringni ichini orasini ochib beradi. Masalan:

print(*"Python")

# OUTPUT
P y t h o n

* va sepni birgalikda ham ishlatishimiz mumkin. Masalan:

print(*"Python", "JavaScript", sep="-")

# OUTPUT 
P-y-t-h-o-n-J-a-v-a-S-c-r-i-p-t

Tepadagi misolda nima uchun bunday bo'lganini tushuntiraman. Chunki * har bir belgidan keyin bo'sh joy tashlamoqda, keyin esa sep="-" har bir belgidan keyingi bo'sh joylarni - bilan to'dirmoqda, - o'rniga boshqa narsa qo'ysak ham bo'ladi hatto u matn bo'lsa ham.

end=""

end metodiga print ichidagi string ning oxiriga nima qo'yilishi yoziladi. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz biror bir matn yozib keyin pastdan yana matn yozsak yonma-yon yozilmasdan, tagma-tag yoziladi. Chunki default holatda biz endni yozmasak ham uni ichida \n turadi. Agar biz shunday holatga duch kelsak, yonma-yon yozish kerak bo'lib qolsa mana bunday kod yozamiz:

print("Hello", end="")
print("Python")

# OUTPUT
HelloPython

Bu faqat yonma-yon yozishimiz uchun edi, end metodi ham xuddi sep metodiga o'xshaydi. Uning ichiga ham istagan narsamizni kiritishimiz mumkin.

.format()

format metodi bilan print ichidagi o'zgaruvchilarni har xil joylarga joylashtirishimiz mumkin. Masalan:

a = 50
b = "Murod"
print("{} {} qator kod yozdi.".format(b, a))

2-usul ham mavjud.

a = 50
b = "Murod"
print("{1} {0} qator kod yozdi.".format(a,b))

Bu yerda biz indekslarga murojaat qildik. 0-indeks b o'zagruvchisi, 1-indeks a o'zgaruvchisi.

f-string

f-string print funksiya ichida matnlarni osonroq yozishimiz uchun yordam beradi. Masalan:

yosh = 12
print(f"Men {yosh} yoshdaman.")

Non-primitive o'zgaruvchilar

Non-primitive o'zgaruvchilarga list, tuple, dictionary va set kiradi.

List

Listlar har xil o'zgaruvchi turlarini o'z ichiga oladi. List kiritish uchun [ ] mana bunday qavslardan foydalanamiz.

list1 = [3, 5, 8.9, "Aziz", True]

Listni ham indeksi bo'yicha ekranga chiqarish mumkin.

Listning metodlari

.append()

bu metod listga element qo'shadi.

list1 = [1,2,3]
list1.append("python")

Hozircha metodlarga to'xtalib o'tirmaymiz keyingi darslar davomida aytib o'tib ketamiz.

Tuple

Tuple list bilan bir xil, lekin u o'zgarmas list, unga keyinchalik element qo'sha olmaymiz, olib tashlay olmaymiz, va yana bir farqi tuple mana bunday ( ) qavslar yordamida yoziladi.

Dictionary

Dictionary bu lug'at.

dict1 = {"ism": "Muhammadrizo", "familiya": "Yusufov", "yosh": 12}

lug'atga key va value kiritamiz.

key = kalit value = qiymat default = odatiy

Shu bilan darsimiz tugadi! Keyingi darslarni kutib qoling! Sahifalarimizni kuzatib boring!

Telegram | GitHub

Fikringizni kommentda qoldiring! 👇

No Comments Yet